Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Filippinda «Noru» to‘foni 10 kishining umriga zomin bo‘ldi

A A A
Filippinda «Noru» to‘foni 10 kishining umriga zomin bo‘ldi

Filippinda o‘tgan dam olish kunlari sodir bo‘lgan «Noru» to‘foni qurbonlari soni 10 kishiga yetdi, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda chorshanba kuni Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va boshqarish bo‘yicha Milliy kengash matbuot kotibi Rafaelito Alexandro ma’lum qildi, deya xabar beradi «Sinxua» axborot agentligi.

Uning ta’kidlashicha, kengash yakshanba kuni «Noru» to‘foni quruqlikka tushganidan bir necha soat o‘tib Manila shimolidagi Bulakan provinsiyasida suv toshqinidan 10 kishining o‘limini qayd etdi, ular orasida besh nafar qutqaruvchi ham bor.

Shu bilan birga, bedarak yo‘qolganlar soni sakkiztaga ko‘tarildi - Shimoliy Kamarinesadan besh kishi, Risaldan ikkitasi va Keson provinsiyasidan bir kishi.

Kiritildi: 20:46 29.09.2022. O'qildi: 2258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!