Filippinning markazida joylashgan Sebu shahridagi chiqindi poligonida yuz bergan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 nafardan 35 nafargacha oshdi.
Report xabariga ko‘ra, bu haqda ABS-CBN News ma’lum qilgan. Yana bir kishi bedarak yo‘qolgan, qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sebudagi chiqindi poligonida ko‘chki 8 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Hodisaning dastlabki soatlarida vayronalar ostida qolgan 12 kishi tirik holda qutqarib olingan edi. Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.