Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

FIFA O‘zbekistonda VAR tizimidan foydalanishga rasman ruxsat berdi

FIFA O‘zbekistonda VAR tizimidan foydalanishga rasman ruxsat berdi

O‘zbekistonda 2021 yilgi mavsumdan boshlab futbol uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanish bo‘yicha O‘FA va FIFA mutaxassislarining o‘zaro muzokaralari ijobiy yakun topdi, deya xabar qilmoqda O‘FA matbuot xizmati.

O‘FA barcha tegishli hujjatlarni FIFA VAR platformasiga yuklagan. Shuningdek, o‘zbekistonlik VAR tizimi mutaxassislarining 2020 yilgi sinov o‘yinlarida qayd etgan natijalari FIFA tomonidan inobatga olingan.

Mazkur sabablar evaziga FIFA 2021 yilgi mavsumda O‘FA va PFL tasarrufida o‘tkaziladigan musobaqalarda VAR tizimidan foydalanishga ruxsat bergan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Liga Kubogi 2019 yilgi mavsum finalidan o‘rin olgan «Paxtakor» — OKMK o‘yinida (6:2) VAR tizimidan ilk bor rasman foydalanilgan edi. Shundan keyin bir qator uchrashuvlarda bu tizim sinov tariqasida ishlatildi.

Kiritildi: 13:28 02.03.2021. O'qildi: 1904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!