Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

FIFA o‘zbek klubidan transfer taqiqini olib tashlashi kutilmoqda

FIFA o‘zbek klubidan transfer taqiqini olib tashlashi kutilmoqda

"Metallurg" PFK transfer taqiqidan qutulishga yaqin. Klub Yosovich bilan bog‘liq vaziyatni ijobiy hal etmoqda.

Jamoaning sobiq futbolchisi Ivan Yosovich 2025 yilda maoshining ma’lum qismini, davolanish uchun sarflangan mablag‘ hamda aviachipta xarajatlarini klub qoplab bermagani tufayli FIFAga ariza yuboradi.

Ishni o‘rganib chiqqan xalqaro tashkilot 2025 yil 16 aprel kuni futbolchi foydasiga qaror chiqaradi. Biroq o‘sha davrlarda klub faoliyati to‘xtatilgani sababli masala ochiq qoladi.

Natijada, FIFA tartib intizom qo‘mitasi mazkur holat yuzasidan 2025 yilning 10 iyul sanasida qarorni bajarmagani uchun klubga nisbatan yangi futbolchilarni navbatdagi uchta transfer oynasi davrida hamda muammo hal etilmagan taqdirda, undan keyingi transfer oynalarida ham ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yadi.

Xabaringiz bor, ma’lum tanaffusdan keyin joriy yilning 23 yanvar sanasida Bekobod klubi qayta tiklangani rasman e’lon qilindi.

Qisqa fursatda klub rahbariyati va mutasaddilari ushbu holat yuzasidan kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishdi va futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilinib, FIFAga tegishli xat yuborildi.

Endilikda FIFA klubdan transfer bo‘yicha cheklovni rasman olib tashlashi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:02. O'qildi: 226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!