Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

FIFA terma jamoalar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston termasi ikki pog‘ona yuqoriladi

FIFA terma jamoalar reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston termasi ikki pog‘ona yuqoriladi

FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o‘rnidan 2 pog‘onaga yuqorilab, 64-o‘rindan joy oldi. Bundan avval e’lon qilingan reytingda Srechko Katanes boshqaruvidagi terma jamoa 66-o‘rinni egallab turgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo jamoalari orasida 8-o‘rinni band etgan.

Terma jamoa so‘nggi uchrashuvini Gongkongga qarshi o‘tkazdi. Jahon chempionati saralash o‘yinlaridan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida 3:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Kiritildi: 14:32 04.04.2024. O'qildi: 937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!