Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA mutaxassisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

A A A
FIFA mutaxassisi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyati FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon bilan assosiasiyaga professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarga yuqori malaka va ko‘nikmaga ega, xorijiy tajribani o‘zlashtirgan texnik direktor jalb etish yuzasidan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda texnik direktorlar, murabbiylarning zamonaviy futbolda tutgan o‘rni, bu yo‘nalishdagi zamonaviy tendensiyalar muhokama qilindi. Ommaviy va professional futbolni bosqichma-bosqich rivojlantirishga qaratilgan dasturlarini yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirish haqida so‘z bordi.

Yig‘ilishda, shuningdek, “O‘zbekiston futboli – 2030” loyihasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Kiritildi: 20:52 29.11.2023. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!