Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi (foto)

FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi (foto)

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) 2026-yilgi jahon chempionatining rasmiy to‘pini taqdim etdi. Musobaqa AQSH, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi.

Dizaynda uchta rang — qizil, ko‘k va yashil ishlatilgan bo‘lib, ular musobaqa mezbonlarini ifodalaydi. To‘p nomi — “TRIONDA”.

2026-yilgi jahon chempionatida 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi. Ular 12 ta guruhga bo‘linadi, har bir guruhda 4 tadan terma jamoa bo‘ladi. Mundialning pley-off bosqichiga har bir guruhda ilk ikki o‘rinni egallagan terma jamoalar, shuningdek, uchinchi o‘rinni olgan eng yaxshi sakkiz jamoa yo‘l oladi. Bundan tashqari, 2026-yilgi jahon chempionatida yangi bosqich — 1/16 final joriy etiladi.

FIFA JCH-2026 rasmiy to‘pini taqdim etdi (foto)

Kiritildi: 07:40 03.10.2025. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!