Eron mintaqadagi davlatlar bilan normal munosabatlarni o‘rnatishi foydali bo‘lar edi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan ma’lum qildi.
U AQSh va Eron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralar, shuningdek, Tehronga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar haqida to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala tomon uchun ham foydali bo‘lgan kelishuvga erishish vaziyatni normallashtirishga hissa qo‘shishi mumkin.
Erondagi norozilik namoyishlari haqida Turkiya tashqi ishlar vaziri namoyishchilar bilan kelishuvga erishish zarurligini ta’kidladi.