Ferrari o‘zining «hamyonbop narxdagi» sportkari Amalfi'ni namoyish etdi, u hozirda kompaniya avtomobillari orasida eng arzon model hisoblanadi.
Mashina 640 ot kuchiga ega turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan, maksimal tezligi 320 km/soat va 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadi, salonda Burmester 1200 Vt premium audiotizimi mavjud.
Narxi — 240 000 yevro.