Shu kabi, Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. fuqaro D.B.ga 5 quti «Fatzorb» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 23 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Departament hamda DXXning Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.D. «Navoiy» MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro M.X.ga 3 quti «Reduksin laym» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 409 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida ta’kidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.