Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farzandlarimizni oqibati mavhum taqdir izmiga tashlab qo‘ymaymiz!

Farzandlarimizni oqibati mavhum taqdir izmiga tashlab qo‘ymaymiz!

Kecha «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ida muallifning ma’naviyat borasida bildirgan fikrlarining hammasiga ham qo‘shilib bo‘lmaydi. Masalan, muallifning ma’naviyatning shaxsiy masala ekani to‘g‘risidagi qarashlari g‘arbona hayotga xos, nazarimizda. Yoshlar ma’naviyatini, kelajagini bir yoki bir necha nodavlat tashkilotga topshirib qo‘ygan bilan maqsadga erishib, xotirjamlikka berilib bo‘lmaydi.

Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmasligi Asosiy qonunda mustahkamlab qo‘yilgani rost. Biroq bu mamlakat o‘zining ertasi bo‘lmish yoshlarining odob-axloqi, ma’naviyati bilan qiziqmay, ularning masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarmaydi degani emas-ku. Esini taniy boshlagan farzandga ota-onasi muomala madaniyatini o‘rgatadi, ilk hayotiy saboqlarni beradi. Xato qilsa, odob-axloqida salbiy tomonga o‘zgarish bo‘lsa, nafaqat ota-ona, balki mahalla-ko‘y ham bunga e’tibor qaratadi, o‘rni kelganda tanbeh beradi, nasihat qiladi. Bu — sharqona tarbiya. Dunyoning rivojlangan davlatlarida katta avlod bilan yosh avlod o‘rtasida paydo bo‘layotgan jarlikning jamiyatimizda yuz berishidan asrab turgan muhim qalqon ham shu.

Endi tasavvur qiling, oilada farzand tarbiyasiga birlamchi masala sifatida qaralmasa, oila boshliqlari nuqul iqtisodiy ta’minot bilan band bo‘lsa, natija qanday bo‘ladi? Davlat ham bir katta oila. Uning ham faqat iqtisod bilan ovora bo‘lib, yoshlari ma’naviyatiga e’tibor qaratmasligi, loqaydligi esa hech qaysi mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.

Mana shu omillar yaxshi yanglangani bois ham bugun jamiyatimizda ma’naviyat masalasiga, ayniqsa, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilyapti. Bunga mamlakatda ko‘plab tashkilotlarning mas’ul bo‘lishi, jon kuydirishi, shu maqsadda amaliy ishlar qilishining esa hech qanday zararli yoki kulgili tomoni yo‘q. Chunki yoshlar — kelajagimiz, Vatanimizning umriboqiyligini ta’minlaydigan, istiqboldagi taqdirini hal qiladigan asosiy kuch. Ertaga ma’naviyati butun o‘g‘il-qizlarning maydonga chiqishi shu jamiyatning, shu davlatning yutug‘i bo‘ladi. Aslo o‘z holiga tashlab qo‘yilib, qo‘liga xohlasa qurol olib, yurtdoshiga o‘qtaladigan, na ota-onasini, na vatanini qadrlaydigan zombilar emas!

Manba: od-press.uz

Kiritildi: 22:58 25.01.2020. O'qildi: 2048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!