Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Farzandim juma namoziga chiqmaydi": ota-onalardan "kafolat xati" olish haqida buyruq bo‘lganmi?

A A A
"Farzandim juma namoziga chiqmaydi": ota-onalardan "kafolat xati" olish haqida buyruq bo‘lganmi?

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarining ota-onalari nomidan maktab rahbariyati nomiga yozilgan “Kafolat xat”larining rasmlari keng tarqalmoqda. Kafolat xatlarida, asosan yozgi ta’til vaqtida bolalarning suv havzalariga cho‘milgani bormasligi, masjidlarga, Juma namoziga chiqmasligini nazorat qilaman, degan ma’noda tushuntirishlar yozilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada keskin munozaralar bo‘lmoqda, bunday “Kafolat xat”larining yozilishi maktab rahbariyati tomonidan mavjud qonunchilikning buzilishi, deya baholanmoqda. Albatta, bunday tushunarsiz vaziyat sohani tubdan isloh qilishga kirishgan Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatiga ham xush kelmaydi.

Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Azon.uz axborot-tahliliy portali Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi  boshlig‘ining o‘rinbosari bilan bog‘landi. Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Qirg‘izboyev Suhrob Muqimjonovich bunday xatlar haqida ma’lumotga ega emasligini aytdi. O‘rinbosarning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi ham, Xalq ta’limi vazirligi ham bunday “kafolati xat”larini olish haqida topshiriq bermagan. Faqat, ota-onalardan o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan tadbirlar tashkil etilgan tushuntirish darslarida va maktabdagi qo‘shimcha to‘garaklarda qatnashishini ta’minlash so‘ralgan. Bu ham ota-onalarga og‘zaki tushuntirilgan. Lekin, “Kafolat xati” olish haqida hech qanday gap yo‘q, dedi boshliq o‘rinbosari.

Shuningdek, bunday “Kafolat xat”larini majburiy olish holatlari kuzatilsa, ota-onalar boshqarmaning quyidagi raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini ma’lum qilindi:

71 237-08-13

Kiritildi: 15:24 21.05.2019. O'qildi: 13373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!