Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Farg‘onada yana bir bolakay ona bag‘riga qaytdi!

Farg‘onada yana bir bolakay ona bag‘riga qaytdi!
Farzand uchun ona bag‘ri — eng ishonchli maskan, ona uchun esa farzandining yonida bo‘lishi eng katta baxtdir. Farg‘onada Majburiy ijro byurosi xodimlarining aralashuvi va davlat ijrochilarining amaliy sa’y-harakatlari natijasida uzoq vaqtdan beri onasidan ayro bo‘lib kelgan bolakay ona bag‘riga qaytarildi. Ijro harakatlari davomida bolaning huquq va manfaatlari, eng avvalo, uning onasi bilan birga bo‘lishi ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Eng ta’sirlisi — bolakayning onasi bag‘riga qaytgan lahzalari bo‘ldi. Bu uchrashuvdagi quvonch va hayajonni so‘z bilan ifodalash qiyin. Bugun yana bir oila qalbiga quvonch kirdi, yana bir bolaning orzusi ushaldi. Ona va farzand yana birga! Majburiy ijro byurosi — fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lida.
Kiritildi: 14:15 04.09.2026. O'qildi: 1336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik