Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada tibbiyot birlashmasiga kutish zali qurib berishini aytgan tadbirkorning asl niyati fosh bo‘ldi

Farg‘onada tibbiyot birlashmasiga kutish zali qurib berishini aytgan tadbirkorning asl niyati fosh bo‘ldi

2020 yil 8 avgust kuni telegramm ijtimoiy tarmog‘ida “Tibbiyot birlashmasiga homiylik asosida kutish zali qurib bermoqchiman, ammo...” nomli murojaat e’lon qilindi.  Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi esa ushbu murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

"Murojaatchi xuddi shu masalada prokuratura organlariga ham ariza yo‘llagan bo‘lib, viloyat prokuraturasining 2020 yil 23 iyun kunidagi talabnomasiga asosan Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining  tegishli mutaxassislari masalani joyida o‘rgandilar.
Murojaat egasi telegram tarmog‘ida go‘yo o‘zini tibbiyot birlashmasiga kutish zali qurib bermoqchi bo‘layotgan homiydek ko‘rsatib, o‘quvchilarning fikrini chalg‘itishga uringan. Ammo uning bu ezgu ishi orqasida boshqa  shaxsiy maqsadlar yotibdi. Aslida tibbiyot birlashmasi ichiga kutish zali qurish bilan birga, uning yonida maishiy xizmat ko‘rsatish shahobchasi, oshxona yoki  savdo do‘koni tashkil qilish niyati bor.
Tadbirkorga tuman tibbiyot birlashmasi raxbariyati bir necha bor kutish zalini qurib bitqazilishiga xech qanday qarshilik bildirilmasligi, aksincha tezroq bitqazib el-xalqni roziligini olishi tarafdori ekanligini bildirgan. Lekin tadbirkor kutish zalini bitirish o‘rniga qo‘shimcha o‘zini shaxsiy manfaati yo‘lida qurilish ishlari uchun noqonuniy yer ajratib bu yerda oshxona, savdo shaxobchalri qurish niyatida. Tadbirkorning bu xarakatlari uchun yer ajratilmasligi, bunday masalalar beliglangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishi to‘g‘risida tushuntirish takroran berildi".

Kiritildi: 15:16 09.08.2020. O'qildi: 5436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!