Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada soxta "tadbirkor" tumshug‘idan ilindi

A A A
Farg‘onada soxta "tadbirkor" tumshug‘idan ilindi

Farg‘ona viloyati IIB va viloyat prokuraturasi tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida noqonuniy ravishda tibbiyot spirti qadoqlayotgan sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Farg‘ona shahar “Mustaqillik” mahallasida joylashgan suv xo‘jaligiga qarashli bino xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, Rishton tumanida yashovchi YA.A. noqonuniy ravishda yashirin sex tashkil qilganligi fosh etildi.

Ustamon “tadbirkor” bu binoda sanitariya-gigiyena talablariga mutlaqo mos kelmaydigan sharoitda turli farmasevtika korxonalari yorliqlaridan o‘g‘rincha foydalanib, 70 foizli tibbiyot etil spirti mahsulotlarini qadoqlab, dorixonalarga tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ekan.

Tadbir davomida 4 ming 750 litr spirt, mahsulotga yopishtiriladigan yorliqlar, qo‘lbola qadoqlash uskunasi va yana bir nechta mahsulotlar daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 16:38 22.01.2020. O'qildi: 2504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!