Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi

Farg‘onada olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida olib qochilgan Matiz pachoqlangan holda topildi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 23 fevral kuni Buvayda tumanida yashovchi fuqaroga tegishli Matiz rusumli avtomashina Qo‘qon shahar Turon ko‘chasida joylashgan kafe oldidan olib qochilgan. Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, mazkur jinoyatni O‘zbekiston tumanida yashovchi 19 yoshli L.T. sodir etgani aniqlangan va gumonlanuvchi ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Yuqoridagi shaxsdan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa, IIOga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 08:59 29.02.2024. O'qildi: 994 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!