Farg‘ona shahrida taksi haydovchisi va fuqaro o‘rtasida janjal yuzaga kelgan, natijada yo‘lovchi mashina oynasini sindirib tashlagandi. U javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, videoxabardagi IIO xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan tayinlangan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganliklari uchun Farg‘ona viloyati IIB patrul-post xizmati otryadi safdor xodimlari V.N., E.P hamda guruh komandiri kapitan Z.O. egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
Shuningdek, Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni komandiri H.S.ga nisbatan “Xayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi.