Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada ehson qutisi o‘g‘irlandi

A A A
Farg‘onada ehson qutisi o‘g‘irlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxslar yo‘l chetidagi ehson qutisini o‘g‘irlab ketgani tasvirlangan video taqaldi. Izohlarda aytilishicha, voqea joriy yilning 20 noyabr kuni Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Ismoil Sharipovga tayanib ma’lum qilishicha, ushbu holat Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” MFY hududida sodir etilgan.

Unda bir guruh noma’lum shaxslar ehson qutisini Damas rusumli mashinaga yuklab, o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan IIOga hech qanday murojaat kelib tushmagan. Biroq holat tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgach, tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv boshlangan.

“Ish yakuniga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deya qo‘shimcha qilgan Sharipov.

Kiritildi: 11:58 25.11.2023. O'qildi: 1827 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!