«O‘zenergoinspeksiya» tomonidan Farg‘ona viloyat Bog‘dod tumanida fuqaro S.T. ga qarashli choyxona shartnoma rasmiylashtirmasdan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulangani aniqladi.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 237 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.