Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada chiqindi tashuvchi korxonalar aholiga 40 mlrd so‘m asossiz qarz yozgani aniqlandi

Farg‘onada chiqindi tashuvchi korxonalar aholiga 40 mlrd so‘m asossiz qarz yozgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatida sanitar tozalash korxonalari iste’molchilarga asossiz qarzdorlik hisoblagani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyatida sanitar tozalash korxonalari tomonidan 871 ta mahalla (3148,9 ming aholi)ga chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda. Bu xizmatlar viloyatning 82 foiz mahallasi yoki 77,4 foiz aholisini qamrab olgan.

O‘rganish jarayonida 2023 yil hamda 2024 yilning 6 oyi davomida chiqindi tashish xizmatini ko‘rsatish uchun iste’molchi abonentlar-xonadonlarga hisoblangan qarzdorlik summalari tahlil qilingan. Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilda iste’molchi abonentlar xonadonlariga hisoblangan qarzdorlik summalari tarkibidagi ko‘rsatilmagan xizmatlar qismi uchun 767 068 ta xonadonda yashovchi 3 141 658 nafar iste’molchiga jami 30 mlrd so‘mdan ortiq qarzdorlik hisoblanganligi hamda ushbu ko‘rsatkichlar 2024 yiling 6 oyi davomida 784 095 ta xonadonda yashovchi 3 146 985 nafar iste’molchiga jami 10 mlrd so‘mga yaqin qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum bo‘lgan.

Qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar iste’molchilarga ushbu xizmat turini ko‘rsatilishi davomida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun talablarini buzganligi aniqlangan. Hisoblangan 40 mlrd so‘mdan ortiq asossiz qarzdorliklar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.

Kiritildi: 18:38 10.07.2024. O'qildi: 798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!