Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada bitiruvchilarni Koreyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada bitiruvchilarni Koreyaga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.K.”, “A.C.” va “R.s.” MCHJ rahbarlari va boshqalar oldindan til biriktirib, “H.I.” MCHJ (til markazi) va Koreya xalqaro universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum bekor qilingan bo‘lsada, “H.I.” MCHJ bilan soxta shartnoma tuzishib, maktab bitiruvchilari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini o‘tkazish orqali to‘lov amalga oshirgan maktab bitiruvchilarini guyoki Koreya xalqaro universitetiga imtihonsiz o‘qishga kiritib qo‘yish va boshqa va’dalarni berishib, 7 nafar fuqaroning 20,5 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:53 31.05.2021. O'qildi: 1615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!