Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada bir kishiga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini bergan o‘qituvchi jazoga tortildi

Farg‘onada bir kishiga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini bergan o‘qituvchi jazoga tortildi

2024 yil 29 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida 38 yoshli ayol o‘qituvchi saylov qonunchiligini buzgani sabab jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida ma’lumot keltirilgan.

Aniqlanishiga ko‘ra, huquqbuzar ayol 2024 yil 26 avgustdagi qarorga muvofiq, 541-saylov uchastkasida saylov komissiyasi a’zosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2024 yil 27 oktyabrda o‘tkazilayotgan saylovda, M. Abdullayeva boshqa shaxslar nomidan fuqaro M. Murodovga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini berib, saylov qonunchiligini buzgan.

M.A. sudda o‘z harakatlari bilan tan olib, pushaymon bo‘lgani haqida ko‘rsatma berdi. Sud, M.A. tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni MJtKning 51-10-moddasi bilan malakalash to‘g‘risida xulosa qilgan va uni ma’muriy jazoga tortish zarurligini belgilagan.

Sud qarori bilan M A. BHMning bir baravari 375 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan

Kiritildi: Bugun 10:07. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!