Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada benzovoz yonib ketdi

A A A
Farg‘onada benzovoz yonib ketdi

Kecha, 20 sentyabr kuni Farg‘ona shahrida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi yonib ketdi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, soat 15:24 da Farg‘ona shahar Yormazor “MFY” Al-Farg‘oniy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan GAZ-53 rusumli benzovozning mator qismidgi kabellarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yong‘in-qutqaruvchilar guruhi soat 15:28 da yetib borib, 15:29 da olov qurshab olingan va 15:31 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, avtomobilning mator qismi yonib zararlangan.

Kiritildi: 16:48 21.09.2022. O'qildi: 2380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!