Farg‘ona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomonidan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qo‘yish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar davomida “Baxti Tashkentskiy” laqabli Qudratullayev Baxtiyor Zaparovichga yaqin jinoiy aloqasi bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi bilan sudlangan, Xalilov Doston Xolbo‘ta o‘g‘li qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga qochib o‘tmoqchi bo‘lgan payt, "Do‘stlik" chegara postida qo‘lga olindi.
Unga nisbatan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPK ning 221-moddasi tartibida ushlandi.