Farg‘ona tumanida 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSh orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi. Bu haqda "O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumanida joylashgan “V.H.O."MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ta’minotchi omboridan olib kelingan 3,7 tonna Ai-80 markali avtobenzin AYOQSh orqali sotilmasdan, ulgurchi sotib yuborilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShning birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatilgan.