Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Farg‘onada 48 ming AQSh dollariga yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Farg‘onada 48 ming AQSh dollariga yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro A.YA.ning Farg‘ona viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, fuqaro T.U. Farg‘ona shahri “Oqariqobod” mahallasi hududidan shahar hokimining qarori bilan “E.Z.” fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik yo‘nalishida 49 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratilgan jami 4 gektar yer maydonini hech qanday hujjatlarsiz 48 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan T.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Kiritildi: 14:45 05.12.2022. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!