Marg‘ilon shahrida 25 yoshli fuqaro umumiy narxi 35.000.000 so‘mlik 7 dona qog‘oz qutida jami 350 dona pirotexnika vositalarini olib kelayotganda qo‘lga olingan.
Ushbu pirotexnika vositalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida IIB ixtiyoriga olinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.