Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada 1200 dollar evaziga fuqaroning pasportidagi ismi va tug‘ilgan yilini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

A A A
Farg‘onada 1200 dollar evaziga fuqaroning pasportidagi ismi va tug‘ilgan yilini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

Farg‘onada 1200 dollar evaziga fuqaroning pasportidagi ismi va tug‘ilgan yilini o‘zgartirib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar berdi «Daryo» muxbiri.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining tuman inspeksiyasi rahbari bo‘lib ishlagan S.E. viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaroga pasportidagi ismi va tug‘ilgan yilini o‘zgartirib berishni va’da qilgan.

Tezkor tadbir davomida S.E. fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 1100 dollar pulni olayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Farg‘ona tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:55 07.04.2021. O'qildi: 2264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!