Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

A A A
Farg‘onada 1,6 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

Farg‘ona shahrida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda «Xududgazta’minot» matbuot xizmati.

Nazorat tadbirlaridan birida shaharning Shakarqishloq mahallasida joylashgan issiqxona tekshirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib, undan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1,6 milliard so‘mlik zarar aniqlandi.

To‘plangan barcha hujjatlar qonuniy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 11:00 05.12.2024. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!