Bugun 26 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati aniqlandi

Farg‘ona viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositalarini sotish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘qon shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirda telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar kuchli ta’sir qiluvchi, psixotrop va giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelib, fuqaroga tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan 0,92 gramm “Aromo klubnika” nomli vositani 10,1 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullar boshqa bir fuqaroning nomidagi plastik kartaga o‘tkazib berilgandan so‘ng giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, "Alisherobod" MFY hududidagi yerga ko‘mib qo‘yganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan.

Kiritildi: Bugun 11:45. O'qildi: 216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!