Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Farg‘ona viloyatida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Qiyqi” MFYda harakatlanib kelayotgan “Neksiya-2” rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar X.B. va R.B. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 80,3 mln so‘mlik jami 2 296 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotini Qo‘shtepa tumanida o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:21. O'qildi: 326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!