Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona tumanida “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi voyaga yetmagan fuqaroni vafot etishiga sababchi bo‘ldi

A A A
Farg‘ona tumanida “Nexia-2” rusumli avtomashina haydovchisi voyaga yetmagan fuqaroni vafot etishiga sababchi bo‘ldi

Farg‘ona viloyatining Farg‘ona tumanida 16 iyun kuni fuqaro A.I. boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasini Log‘on MFY hududida orqa tomonga harakatlantirib, avtomashina orqasida bo‘lgan piyoda voyaga yetmagan R.M.ni urib yuborishi oqibatida R.M. og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli haydovchilar! Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling.Yo‘l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga shikast yetkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang. 

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 18:13 18.06.2020. O'qildi: 2032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!