Bugun 15 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Anvar Bundesliga klubidan kompensasiya oladi. U buni sud orqali yutib oldi

Falastinni qo‘llab-quvvatlagan Anvar Bundesliga klubidan kompensasiya oladi. U buni sud orqali yutib oldi

2023 yilda Falastinni qo‘llab-quvvatlagan posti uchun Germaniyaning "Mayns" klubidan ketgan Anvar el-G‘ozi sobiq jamoasi ustidan sudda g‘alaba qozondi. Endi "Mayns" unga 2023/2024 yilgi mavsum uchun to‘lanmagan maoshining barchasini to‘laydi, bu esa taxminan bir yarim million yevro degani.

"Daryodan okeangacha, Falastin ozod bo‘ladi," - deb yozgandi futbolchi 2023 yil oktyabrida.

Anvar bu mablag‘ning bir qismini Falastinga yordam uchun yuborishini e’lon qildi - taxminan yarim million yevro.

"Umid qilamanki, "Mayns" rahbariyati o‘zlari yaratgan vaziyatga rozi bo‘ladi, shu jumladan, bu pullar bolalarning omon qolishiga yordam beradi," - deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqda.

Hozirda El-G‘ozi Uelsda "Kardiff Siti" sharafini himoya qilmoqda.

Kiritildi: 23:47 13.11.2025. O'qildi: 875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!