Falastin milliy ma’muriyati (PNA) rasmiylari Qatarning “Al-Jazira” telekanalining Falastindagi ko‘rsatuvini to‘xtatmoqda , deb yozadi “TASS” WAFA agentligiga tayanib.
Qaror Falastin Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi va Falastin Aloqa vazirligi rasmiylaridan iborat qo‘mita tomonidan qabul qilingan.
Rasmiylar kanal "provokasion xarakterdagi xabarlarni qayta-qayta efirga uzatgan" degan xulosaga kelishdi. Ular uning yolg‘on ma’lumot tarqatganiga va PNAga qarshi qo‘zg‘olonga chaqirganiga aminlar. Telekanalning Ramallohdagi ofisi faoliyati muzlatiladi .