Falastin terma jamoasi Basklar mamlakatida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi, o‘yindan tushgan barcha daromad xayriya ishlariga sarflanadi.
Arab jamoasi 0:3 hisobida yutqazgan bo‘lsa-da, jamoa ustozi Exab al-Jazar o‘yindan keyin xuddi shogirdlari jahon chempioni bo‘lgandek xursand ko‘rindi. Falastin terma jamoasi uchun bu Yevropada o‘zini ko‘rsatish imkoniyati, imij nuqtai nazaridan eng muhim o‘yin bo‘ldi.
"Bu hayotimdagi eng yaxshi kunlardan biri. Yevropada o‘yin o‘tkazgan Falastin terma jamoasiga murabbiylik qilayotganimdan faxrlanaman. Bilbaoda bizni mehr va e’tibor bilan kutib olishdi. Madhiya ijro etilayotganda yig‘ladim. Shunchaki so‘zlarga hojat yo‘q, faqat hissiyotlar," - dedi al-Jazar.
Falastin terma jamoasi FIFA reytingida 98-o‘rinda bormoqda.