Biroq Isroil bu taklifga qat’iyan qarshi chiqmoqda, dedi HAMAS siyosiy byurosi raisi Muso Abu Marzuq.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarga qo‘shilishi masalasi Falastin tomonining yakka qarori bilan hal qilinmaydi.
“Biz doimo HAMAS boshchiligidagi Falastin qarshiligi va Isroil o‘rtasidagi mojaroda Rossiyaning vositachilardan biri bo‘lishini qo‘llab-quvvatlab kelganmiz, ammo Isroil buni doim rad etib kelmoqda,” — dedi u.
Abu Marzuqning ta’kidlashicha, vositachi sifatida ishtirok etadigan har qanday davlatni ikki tomon ham qabul qilishi kerak va uni bir tomonlama tayinlab bo‘lmaydi. Uning fikricha, Isroilning bu pozisiyasi muzokaralar jarayoniga to‘siq bo‘lmoqda.