Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Falastin rezolyusiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi

Falastin rezolyusiyasi BMT Bosh Assambleyasi tomonidan mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Falastin tomonidan ilk bor taqdim etilgan va Isroildan 12 oy ichida ishg‘ol qilingan hududlardagi mavjudligini to‘xtatish talab qilingan rezolyusiya mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.

Falastinning BMTdagi doimiy vakolatxonasi joriy yilning may oyida BMT Bosh Assambleyasida ovoz berish yo‘li bilan qo‘shimcha huquqlarni olganidan keyin o‘zining birinchi rezolyusiya loyihasini Bosh Assambleyaga taqdim etdi. Rezolyusiya «Isroilning bosib olingan Sharqiy Quddus va bosib olingan Falastinning qolgan hududlaridagi noqonuniy amaliyotlari» deb nomlangan favqulodda maxsus sessiyada ovozga qo‘yildi.

40 dan ortiq davlat tomonidan taqdim etilgan va Isroildan 12 oy ichida ishg‘ol qilingan Falastin hududidagi mavjudligini to‘xtatishni talab qilgan rezolyusiya loyihasi, 124 ta yoqlab, 14 ta qarshi ovoz bilan qabul qilindi.

43 davlat ovoz berishda betaraf qoldi. AQSH, Isroil, Chexiya, Argentina, Vengriya, Fiji, Malavi, Mikroneziya, Nauru, Palau, Papua-Yangi Gvineya, Paragvay, Tonga va Tuvalu qarshi ovoz berdi.

Kiritildi: 23:53 18.09.2024. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!