Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)dagi Falastin delegasiyasi dushanba kuni BMTning ushbu tuzilmasida o‘z bayrog‘ini ko‘tarish huquqini qo‘lga kiritdi.
AZERTAJ xabar berishicha, Falastin delegasiyasi buni xalqaro hamjamiyatda ko‘proq tan olinish yo‘lidagi kichik g‘alaba sifatida baholadi.
Taklif Xitoy, Pokiston, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlar tomonidan ilgari surildi. JSSTning Jenevadagi yillik yig‘ilishida tashabbusni 95 davlat qo‘llab-quvvatladi. Chexiya, Isroil, Vengriya va Germaniya qarshi chiqdi. 27 davlat ovoz berishdan tiyildi. Isroilning eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan AQSh ovoz berishda ishtirok etmadi. Shu bilan birga, ular JSSTni tark etishga tayyorlanmoqda.
Falastin BMTda kuzatuvchi maqomiga ega. Uning vakili ilk bor o‘tgan yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etdi, biroq ovoz berish huquqisiz.