Yaman sog‘liqni saqlash vazirligi poliomiyelit (asab sistemasini falaj qiladigan o‘ta yuqumli kasallik)ga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi. Buni Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti, YUNICEF va Xalqaro bank moliyalashtirmoqda.
“Anadolu” muxbirining xabar berishicha, bu Yamanning Adn viloyatida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytilgan. Anjumanda Sog‘liqni saqlash vaziri Nosir Boum, Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti va YUNICEF vakillari ishtirok etishgan.
Kampaniya 5 yoshga to‘lmagan 5 million 527 ming 771 bolani emlashni maqsad qilgan.
Emlash Yamanning barcha viloyatlarida amalga oshiriladi. Hatto husiylar qo‘l ostidagi viloyatlarda ham.
Yamanda 3 yildan beri vabo va boshqa turli kasalliklar tarqalishining oldini olishni imkoni bo‘lmayapti. Bunga mamlakatda davom etayotgan urush sabab bo‘lmoqda.
Manba: azon.uz