Italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro o‘z mamlakatidan taklif kutgani va nima sababdan O‘zbekiston terma jamoasini tanlagani haqida fikr bildirdi.
"Nima uchun O‘zbekiston taklifini qabul qildim? Chunki ular – jahon chempionatiga yo‘l olgan terma jamoa. Biz uchun bu ilk tajriba va, shubhasiz, juda ajoyib turnir bo‘ladi. “Biz uchun”, deya ta’kidlayapman, zero mening shogirdlarim uchun mundial katta saboq maktabiga aylanadi, ular bu yerda juda ko‘p narsani o‘rganishlari kerak. Rostini aytsam, kutaverishdan biroz charchagan edim. Aslida, men doim Italiyada ishlashni reja qilganman, ammo agar imkoniyat paydo bo‘lmasa, inson o‘z ufqlarini kengaytirib, boshqa muhitda tajriba orttirishi ham to‘g‘ri qaror, deb hisoblayman", dedi 52 yoshli mutaxassis.