Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evtanaziya: kasali og‘ir bemorni o‘ldirish qonuniylashmoqda

A A A
Evtanaziya: kasali og‘ir bemorni o‘ldirish qonuniylashmoqda

Og‘ir kasallikka chalingan bemorlarni og‘riqsiz o‘lim topishiga ko‘maklashish qonuniy hisoblanadi. Yangi Zelandiya ahli evtanaziyani qonunlashtirish uchun ovoz berishdi va o‘z harakatlarini "Rahm-shafqat va mehr uchun g‘alaba" deb atashdi.

Agar bemor olti oydan kam muddatda o‘ladigan kasallik bilan og‘rigan bo‘lsa va ikkita shifokor tomonidan bu tasdiqlansa, bemorning o‘limiga yordamlashish qonuniy mumkin bo‘ladi.

Juma kuni e’lon qilingan referendum natijalariga 480 mingga yaqin maxsus ovozlar, shu jumladan, xorijdagi byulletenlar kiritilmagan, shuning uchun yakuniy natijalar 6 noyabrgacha tasdiqlanmaydi.

Dastlabki natijalar 53,1% "yo‘q" va 46,1% "ha" ni tashkil qildi, ammo maxsus ovozlar hisoblanganda bu natija o‘zgarishi mumkin.

Agar qonun imzolansa, Yangi Zelandiya og‘ir kasallikka chalingan bemorlarni og‘riqsiz o‘lim topishiga ko‘maklashish qonuniy bo‘lgan 7-davlat bo‘ladi.

Kiritildi: 05:00 01.11.2020. O'qildi: 7063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!