Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashining 2015 yilgi keng qamrovli harakatlar rejasida nazarda tutilgan Tehronga qarshi sanksiyalarni tiklash mexanizmini payshanba kuniyoq faollashtirish niyatida.
Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.
"Evrouchlik" yetakchilari Eron yillar davomida 2015 yilgi yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ochiqdan-ochiq buzmoqda va vaziyatni to‘g‘rilash uchun hech qanday aniq choralar ko‘rmayapti, deb hisoblaydi", — Yevropa diplomati Axiosga mexanizmni ishga tushirish qarori sabablarini tushuntirdi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "mexanizmning ishga tushirilishi diplomatiyaning tugashini anglatmaydi, "Evrouchlik" davlatlari BMT sanksiyalari kuchga kirgunga qadar bir necha hafta davomida Eron bilan o‘zaro hamkorlikka ochiq qoladilar”.
Mexanizmni faollashtirish jarayonining o‘zi 30 kun davom etadi va yevropaliklar buni Rossiya oktyabr oyida BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qilguniga qadar yakunlamoqchi, deb yozadi portal.