Bugun 13 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Evroparlamentda Trampga bag‘ishlangan «Apelsin o‘lati» haykali namoyish etildi

Evroparlamentda Trampga bag‘ishlangan «Apelsin o‘lati» haykali namoyish etildi

Evroparlamentda AQSh prezidenti Donald Trampga bag‘ishlangan satirik haykal namoyish etildi. «Orange Plague» — «Apelsin o‘lati» deb nomlangan asar Daniyalik rassom Yens Galshiot tomonidan yaratilgan.

Haykalda Tramp baland bo‘yli, semiz va to‘liq oltin rangda, yalang‘och holda tasvirlangan. U ozg‘in erkakning yelkasida o‘tirgan. Qo‘lida juda uzun golf tayog‘i, yonida esa Yer sayyorasi shaklidagi golf to‘pi bor. Boshqa qo‘lidagi tarozi adolat ramzi bo‘lgan Yustisiya timsoliga ishora qiladi.

Rassom asarni yana «King of Injustice» — «Adolatsizlik qiroli» deb ham ataydi.

Haykal ilk bor 2025 yil dekabr oyida Braziliyadagi BMT iqlim konferensiyasi doirasida namoyish etilgan. 2026 yil fevral oyida esa Myunxen xavfsizlik konferensiyasida ko‘rsatilgan.

Endi asar bir necha kunga Strasburgdagi Yevroparlament binosiga olib kelindi. Uni Daniyaning so‘l qanot deputati Per Klausen taklif qilgan.

Rassom asari orqali Trampning siyosiy faoliyati va dunyodagi ta’siriga nisbatan satirik munosabatini ifodalagan.

Haykal yonidagi matnda esa quyidagi fikr keltirilgan: «Men bir insonning yelkasida o‘tiraman. U mening og‘irligim ostida egilib boradi. Men unga yordam berish uchun hamma narsani qilaman. Faqat uning yelkasidan tushishdan tashqari».

Kiritildi: 17:50 08.10.2026. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!