Evroparlament rahbari Roberta Metsol Vladimir Zelenskiy ishtirokidagi uchrashuvda Ukrainaga yordam berish uchun Yevropa Ittifoqining quyidagi qadamlarini belgilab berdi:
🔺Qisqa vaqt ichida Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga kirishi masalasini ko‘rib chiqish
🔺Evropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasidagi savdo aloqalarining engillashtirilgan sxemasini ishlab chiqish
🔺Evropa fondlariga kirishni ta’minlash
🔺Mamlakatni qayta qurishda ishtirok etish
🔺Ukraina harbiylarini tayyorlash
🔺Qurol va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish
U Yevropa davlatlari hukumatlarini Kiyevga Ukraina g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan uzoq masofali tizimlar va qiruvchi samolyotlar bilan ta’minlash imkoniyatini imkon qadar tezroq ko‘rib chiqishga chaqirdi.
U Ukrainadagi kurashni Dovud va Go‘liyot o‘rtasidagi Injil jangiga qiyosladi.
«Bizning munosabatimiz tahdidga mutanosib bo‘lishi kerak va bu holatda tahdid ekzistensial xususiyatga ega», — dedi Yevroparlament rahbari.