Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropaning to‘rtta yirik futbol ligasi FIFAni isloh qilishni talab qildi

Evropaning to‘rtta yirik futbol ligasi FIFAni isloh qilishni talab qildi

Germaniya Bundesligasi, Angliya Premyer-ligasi, Italiya A Seriyasi va Ispaniya La Ligasi FIFA rahbariyatiga qo‘shma maktub yo‘llab, tashkilotda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazishni talab qildi.

Ligalar FIFAdagi boshqaruv tizimi bilan bog‘liq muammolar so‘nggi yillarda futbolning shakllangan asoslariga xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

Maktubda Jahon chempionati huquqlarini sotishga tashqi investorlarni jalb qilish bo‘yicha amalga oshmay qolgan loyiha, shuningdek, AQSh terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi Donald Tramp bilan telefon suhbatidan so‘ng bekor qilingani ham tilga olingan.

Ligalar FIFA uchun uchta asosiy talabni ilgari surdi:

  • manfaatdor tomonlarni qaror qabul qilish jarayoniga real jalb etish;

  • qarorlarni fakt va ishonchli ma’lumotlar asosida qabul qilish;

  • FIFAni futbol manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida tijoriy manfaatlarning ustunligidan himoya qilish.

Ligalarning taklifiga ko‘ra, 2027 yil 18 martda saylanadigan FIFA prezidenti lavozimga kelganidan keyin 100 kun ichida mustaqil komissiya tuzishi kerak. Komissiya hisoboti esa olti oy ichida e’lon qilinishi lozim.

Hozircha Janni Infantino FIFA prezidenti lavozimiga yangi muddat uchun rasman nomzodi ko‘rsatilgan yagona nomzod bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 20:50 25.09.2026. O'qildi: 391 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!