Daniya - Yevropa ittifoqining oilaviy moliyaviy aktivlari bo‘yicha eng boy mamlakat. Mamlakat Milliy banki hisobotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1,88 million Daniya kronasini (300 ming dollar) tashkil etadi.
Shu bilan birga, ushbu mamlakat aholisining qarzlari qo‘shnilariga qaraganda ko‘proq. Majburiyatlarning katta qismi ko‘chmas mulk bilan ta’minlangan bank va ipoteka qarzlari bilan bog‘liq (taxminan 86%).
Umuman olganda, daniyaliklarning moliyaviy ko‘rsatkichlari Yevropa ittifoqining o‘rtacha ko‘rsatkichidan deyarli uch baravar yuqori.
Shu yilning birinchi choragida ularning boyligi yanada oshdi va bir kishiga o‘rtacha 24 ming Daniya kronasini (3,8 ming dollar) tashkil etdi.
Moliyaviy aktivlar bo‘yicha Gollandiyadagi uy xo‘jaliklari ikkinchi o‘rinni egalladi, undan keyin Lyuksemburg va Shvesiya.
Ammo tadqiqotda eng qashshoq mamlakat Ruminiya. Ushbu mamlakatda oilaviy aktivlar 80 ming Daniya kronasini (12,7 ming dollar) tashkil etadi.