Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Evropadagi qaysi davlat internet tezligi bo‘yicha ilg‘or?

Evropadagi qaysi davlat internet tezligi bo‘yicha ilg‘or?

Qit’a bo‘ylab o‘tkazilgan 200 milliondan ortiq ulanish sinovlariga asoslangan cable.co.uk yillik tadqiqotiga ko‘ra, Islandiya 2022 yilda Yevropaning aloqa chempioni deb topildi. Birinchi beshlikka Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Andorra va Fransiya joylashdi. Bu davlatlarda o‘rtacha yuklash tezligi soniyasiga 120-220 megabit.

Mamlakatning kattaligi uning internet tezligiga ta’sir qiladi. Misol uchun, Lyuksemburg yoki Lixtenshteyn kabi mamlakatlar Germaniya yoki Italiya kabi kattaroq mamlakatlarga nisbatan kichikroq hududda xizmat ko‘rsatadi. Shu jihat inobatga olinsa, Fransiya 2022 yilda yaxshi natijalarga erishgan hisoblanadi. Aholisi bir milliondan kam bo‘lgan mamlakatlarni hisobga olmaganda, fransuz stasionar internet tarmog‘i dunyo bo‘ylab Tayvan va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinda turadi.

Evropada Bosniya-Gersegovina va Albaniya internet tezligi eng past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, ularda o‘rtacha yuklab olish tezligi 20 megabit/sekunddan pastga tushishi mumkin.

Manba.

Kiritildi: 16:04 02.12.2022. O'qildi: 1987 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!