Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Evropadagi kompyuter ishlab chiqaruvchi so‘nggi zavod 2020 yilda yopiladi

A A A
Evropadagi kompyuter ishlab chiqaruvchi so‘nggi zavod 2020 yilda yopiladi

Yaponiyaning "Fujitsu" kompaniyasi Germaniyaning Augsburg shahridagi kompyuter fabrikasini yopishga qaror qilganini e’lon qildi. Bu Yevropadagi kompyuter ishlab chiqarishga ixtisoslashgan so‘nggi zavod edi.

Ushbu zavodda stol kompyuterlari, noutbuklar va ma’lumot saqlash tizimlari, shuningdek, "Fujitsu Primergy" brendi ostida x86 prosessorlari o‘rnatilgan serverlar ishlab chiqarilar edi.

Hozirgi kunda fabrikada har kuni 21 ming donagacha qurilma ishlab chiqariladi. Fabrika yopilishi bilan zavodning bevosita 1500 xodimi va Germaniya bo‘ylab yana 300 kishi ishini yo‘qotadi.

Xodimlarning keyingi taqdiri hozirgi vaqtda kompaniya rahbariyati bilan muhokama qilinmoqda. Har qanday holatda ham xodimlar kompensasiya puli oladi.

Manba: turon24.uz

 

 

Kiritildi: 05:28 30.10.2018. O'qildi: 1438 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!