Evropa sudi Vagner PMC asoschisi Yevgeniy Prigojinning onasi Violetta Prigojinaga nisbatan faqat oilaviy munosabatlarga asoslangan sanksiyalarni bekor qildi.
Sud Prigojina xonimning YEI Kengashiga qarshi da’vosini qanoatlantirishga va YEI kengashining 2022 yil 23 fevraldagi qarorini bekor qilishga qaror qildi”, — deya sud qaroridan iqtibos keltiradi “TASS”.
Evropa Ittifoqi Prigojina kompaniya aksiyalariga ega bo‘lishiga qaramay, 2017 yildan beri Concord Management and Consulting kompaniyasiga ega emasligini tan oldi.
Evropa Kengashi ham uning o‘g‘liga tegishli boshqa aktivlarga ega ekanligini isbotlay olmadi.