Bugun 28 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropada sovuq qish va gaz narxi yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Evropada sovuq qish va gaz narxi yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Evropani so‘nggi bir necha yil ichida eng sovuq qish kutmoqda. Sovuq tufayli gaz va elektr energiyasi narxi oshadi, deb prognoz qilmoqda Bloomberg.

Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha hisobda Yevropa mamlakatlarida qishda havo harorati avvalgi ikki yildagidek mavsumiy me’yordan yuqori bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, Janubiy Yevropada, jumladan, Italiyada ham past haroratlar kutilmoqda. Shu sababli, Ukrainada mojaro boshlanganidan beri isitishga bo‘lgan ehtiyoj eng yuqori darajaga yetadi, deyiladi materialda.

2024 yil oxirida tranzit kelishuvi tugashi bilan Rossiya gazini Ukraina orqali yetkazib berishning to‘xtatilishi ham muammolardan biri bo‘lishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarning kuchayishi Yevropa uchun ham energetik xavflarni oshiradi.

Bloomberg o‘tgan haftada gaz zaxiralarining tez kamayib borayotgani va Rossiya tomonidan kutilayotgan ta’minotning qisqarishi Yevropada yangi energiya inqirozi uchun zamin yaratayotgani haqida xabar berdi.

Kiritildi: 21:00 27.11.2024. O'qildi: 562 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!